«Yevroosiyo Kino Laboratoriyasi» Moskva shahrida!
Toshkent shahridagi BDKU filiali talabalari Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro ta’lim va kreativ loyiha – «Yevroosiyo Kino Laboratoriyasi»da ishtirok etmoqda!
🔹 Ishtirokchilar:
• Ibrohimov Adadiy (4-kurs, prodyuserlik fakulteti)
• Sagatelyan Arutyun (3-kurs, rejissyorlik fakulteti)
• Muxiddinov Sarvar (2-kurs, kinooperatorlik fakulteti)
• Baratov Alan (1-kurs, rejissyorlik fakulteti)
📌 Loyiha doirasida:
5 kunlik intensiv dastur, kino yaratilishining barcha bosqichlari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, taniqli kino ustalari bilan ijodiy uchrashuvlar hamda eksperimentlar bo‘lib o‘tmoqda!
🎥 «Yevroosiyo Kino Laboratoriyasi» Yevroosiyo Kinematograflar Yoshlar Assotsiatsiyasi (MAKE) tomonidan «G‘alaba 9/45» harakati ko‘magida tashkil etilgan.
🌏 Forumda O‘zbekiston bilan birga yana 7 davlat vakillari ishtirok etmoqda: Tojikiston, Abxaziya, Armaniston, Belarus, Moldova, Qirg‘iziston va Qozog‘iston!
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook