BDKU talabalari Moskvadagi Xalqaro yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashishdi!
🔖S. A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali talabalari Moskvadagi Xalqaro yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashishdi!
📣S. A. Gerasimov nomidagi BDKI estetika, tarix va madaniyat nazariyasi kafedrasi tomonidan XX–XXI asr kinolarida Ikkinchi Jahon urushi mavzusiga bag‘ishlangan Xalqaro yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
⚡️Konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasi:
• Diana Viktorovna Koblenkova
• Marianna Albertovna Rostotskaya
• Tatyana Vladimirovna Mihaylova
• Elena Viktorovna Juykova
• Elena Yuryevna Matveyeva
• Elizaveta Sergeyevna Apalkova
• Marina Ivanovna Pushina
⭐️Ushbu ilmiy anjumanda BDKU Toshkent filiali talabalari “Filmlar ishlab chiqarish va prodyuserlik jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari” yo‘nalishida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Rahbarlar: Diana Viktorovna Koblenkova va Marianna Vitalyevna Shadrina.
📌Anjumanda qatnashgan talabalar va ularning mavzulari:
✔️Nosovets Anna (1-kurs) – “Tarixiy haqiqatni anglash va prodyuserlik g‘oyasini amalga oshirish jarayoni”
✔️Kuzieva Laura Ildarovna (2-kurs) – “Urush yillarining ekran qahramonlari: dramaturg va prodyuser ishi”
✔️Xvan Karina (2-kurs) – “Urush qahramonlari: prodyuserlik tahlili jarayonida psixologik va ijtimoiy jihatlar”
✔️Turakulova Xurshida (2-kurs) – “O‘zbekistonda Ikkinchi Jahon urushi mavzusidagi filmlar: tarix va zamonaviy talqin”
🔼Konferensiya ishtirokchilarga qimmatli ilmiy tajriba almashish va o‘z izlanishlarini namoyish etish imkonini berdi. Talabalarimiz o‘z ilmiy ishlari bilan barchani hayratda qoldirishdi! 🚀
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook