“Operatorning 14 oltin qoidasi” mavzusida eksklyuziv mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
✔️2025-yil 4-aprel kuni Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filialida “O‘zbekfilm” kinokonserni bilan hamkorlikda “Operatorning 14 oltin qoidasi” mavzusida eksklyuziv mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
❗️Mahorat darsini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, mashhur kinooperator va kinorejissyor Hasanov Hamidulla Babayevich olib bordi. U yosh operatorlarga nazariya va amaliyotdagi muhim jihatlarni tushuntirib, zamonaviy texnik vositalar yordamida tasviriy ifodaning kuchi haqida o‘z bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
⚡️Talabalar kamera bilan ishlash, kadr kompozitsiyasi, yorug‘lik bilan ishlash kabi sohalarda amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.
📣Eslatib o‘tamiz!
2025–2026 o‘quv yilida Hasanov Hamidulla Babayevich rahbarligida Kinooperatorlik yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan ijodiy ustaxona tashkil etildi.
Shuningdek, abituriyentlar uchun yangi o‘quv yilida:
– Dramaturgiya yo‘nalishi
– Rejissura (kino va TV) yo‘nalishi
– Kinooperatorlik yo‘nalishlari bo’yicha qabul jarayonlari boshlanadi!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@VGIKTashkent_bot
+998 94 728-82-71
+998 99 147-22-66
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook