BDKU Toshkent filialida ijodiy topshiriqlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
💥S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida talabalar uchun berilgan ijodiy topshiriqlar asosida yaratilgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🔼Mazkur taqdimot talabalarning mustaqil izlanishlarini, ijodiy yondashuvini va kasbiy bilimlarini amaliyotda namoyon etish imkonini berdi.
Taqdim etilgan loyihalar:
✔️— Magametibragimova Munisa – 3-bosqich, “Rejissura: kino va televideniye” yo‘nalishi talabasi. U “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan badiiy film g‘oyasini taqdim etdi.
✔️— Abdusattorova Xadicha – 1-bosqich, shu yo‘nalish talabasi. U “Balerina” nomli qisqa metrajli film loyihasini namoyish etdi. Film Kar-soqovlar jamiyati va Xoreografiya akademiyasi bilan hamkorlikda suratga olinadi.
✔️— Abdurahmonov Jahongir – 3-bosqich, “Kinooperatorlik san’ati” yo‘nalishi talabasi. U “Kinooperatorlik mahorati” va “Fotokompozitsiya” fanlari doirasida ijodiy ishlanmalarini taqdim etdi. Rassomlar bilan birgalikda yaratilgan eskizlar asosida suratga olish ishlari rejalashtirildi. Homiylar jalb qilindi, loyiha “O‘zbekfilm” kinostudiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
⭐️Taqdimot yakunida komissiya a’zolari barcha loyihalarni bir ovozdan ma’qullab, ularni moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaror qilishdi.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook