BDKU Toshkent filialidan telekanallar bilan onlayn muloqot
⚡️2025-yil 18-aprel kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filiali rahbariyati xususiy telekanallar vakillari bilan ZOOM orqali onlayn muloqot o‘tkazdi.
✔️Uchrashuv davomida filialda ochilgan 1 va 2 yillik oliy kurslar —
“Televideniya dastur boshlovchisi”, “Kino-televideniya operatori”, “Telerejissyorlik”, “Kinorejissyorlik” va “Prodyuserlik” yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.
💥Filial rahbariyati teleradiokompaniyalar bilan malakali kadrlar tayyorlash borasida yaqin hamkorlikka tayyor ekanini ta’kidladi.
➡️Shuningdek, oliy kurslarda yuqori malakali mutaxassislar tomonidan televideniya va kino san’ati sirlari o‘rgatilishi, kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga 10 dan ortiq mamlakatlarda tan olingan VGIK diplomi topshirilishi ma’lum qilindi.
Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook