“Amadey” filmining kult sahnasi — BDKU talabalari ijrosida

    🗣️“Kinoyoritish” fanidan o‘quv topshirig‘i doirasida BDKU talabalari “Amadey” filmining mashhur sahnasini foto-raskadrovka tarzida qayta yaratishdi. Loyiha yorug‘lik dramaturgiyasi, kompozitsion tafakkur va jamoaviy ijod asosida shakllandi.

    ✔️Amaliy mashg‘ulotlar ustozlar M. Saliev va U. Malikov rahbarligida olib borildi. Ularning ko‘magi talabalar uchun ijodiy tayanch bo‘ldi.

    ⚡️Shuningdek, “O‘zbekfilm” kinokonsernining yorituvchilari, kostyumerlar, rekvizitorlar va texnik xodimlarning yordami asosida loyiha yanada jonli chiqdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook