BDKU Toshkent filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi

    📌2025-yil 8-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 15/11-sonli qo‘shma qarorini ijro etish maqsadida, shuningdek, talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ommaviy madaniyat, yot va buzg‘unchi g‘oyalardan asrash, radikallashuv va boshqa salbiy holatlar, huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘lida 2025-yil 25-aprel kuni Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya universiteti filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

    🗣️Tadbirda Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Haydarov Nematullo Ibragimjonovich, uning o‘rinbosari podpolkovnik Asqarov Muzaffar G‘ulomzokirovich, IIOning bir guruh xodimlari, BDKU filiali direktori, professor I.M.Meliqo’ziyev, filial ma’muriyati, professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook