Rossiya Federatsiyasi Fan va Ta’lim vazirligi hamda Rossiya elchixonasi vakillari bilan uchrashuv

     2025-yil 29-aprel kuni BDKU Toshkent filialida Rossiya Federatsiyasi Fan va Ta’lim vazirligi delegatsiyasi va Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Elchixonasi vakillari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda quyidagi mehmonlar qatnashdi:
     — Igor Vladimirovich Korotkov — BDKU o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha prorektori
     — I.M. Meliqo’ziyev — BDKU Toshkent filiali direktori
     — Marina Arshakovna Kachyan — Rossiya hamkorlik departamenti bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari
     — Yuliana Sergeyevna Mutaeva — «O’zaro ta’lim» xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
     — Vera Igorievna Skorobogatova — Rossiya Fanlar akademiyasi ijtimoiy tadqiqotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi
     — Alla Borisovna Nanieva — Rossiya Federatsiyasi Elchixonasining birinchi kotibi
     — Ilya Borisovich Matveev — Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Elchixonasi birinchi kotibi
     — Aleksey Vladimirovich Xmirov — o’quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

    Uchrashuv davomida filialning bugungi faoliyati, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari va kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlar — xalqaro dasturlarni kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy standartlarni joriy etish va ilmiy hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook