2025 yil 2 may kuni yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2025 yil 2 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.B. Tajixanov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali nomidan quyidagilar ishtirok etdilar:
• filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev,
• yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi direktor o‘rinbosari J.X. Shomurodov,
• kadrlar bo‘yicha inspektor A.A. Yo‘ldoshev.
Filial bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasi alohida ko‘tarilib, amaliy yechimlar muhokama qilindi.
Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook