BDKU Toshkent filiali Chilonzor tumanidagi 103-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi
📌2025-yil 7-may kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali targ‘ibot ishchi guruhi Chilonzor tumanidagi 103-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
✔️Uchrashuv davomida o‘qituvchi-kinooperator Umid Malikov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tamila Muxamedova hamda filial o‘qituvchi va talabalari maktab o‘quvchilariga BDKU filiali faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari va ijodiy imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
⭐️Kinematografiyaga qiziqqan o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va ijodiy muhit bilan yaqindan tanishdilar.
🗣️Eslatib o‘tamiz, 2025–2026 o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlarga abituriyentlar qabul qilinadi:
➡️Kinooperatorlik
➡️Kino va televideniye rejissyurasi
➡️Dramaturgiya
✉️Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
@VGIKTashkent_bot
Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook