Qisqa metrajli filmi — “Balerina”

    ⚡️BDKU Toshkent filiali “Kino va televideniye rejissyurasi” yo‘nalishi 1-kurs talabasi Hadicha Abdusattorova o‘zining qisqa metrajli filmi — “Balerina” ustida ishlashni boshladi.

    Filmda O‘zbekiston xalq artisti, filial dekani T.S. Muxamedova bosh rollardan birini ijro etdi.

    Filmni suratga olish jarayonida 1-kurs kinooperatorlik yo‘nalishi talabasi Vladimir Objigaylo operator sifatida ishtirok etmoqda.

    Loyiha “O‘zbekfilm” kinokontserni bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook