Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi OTMlari rektorlari o‘rtasidagi mintaqalararo konferensiya

    #Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi OTMlari rektorlari o‘rtasidagi mintaqalararo konferensiya 2025-yil 22–23-may kunlari Namangan davlat universitetida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida mintaqalararo konferensiyaning yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu nufuzli tadbirda ikki davlatning ta’lim, fan, innovatsiya va ijtimoiy sohalar bo‘yicha yetakchi rahbarlari ishtirok etdi:

    — Odil Qalandarovich Abdurahmonov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari
    — Igor Venidiktovich Maslov – Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruvning xorijiy mamlakatlar bilan madaniy va mintaqalararo aloqalar bo‘yicha boshlig‘i
    — Shohrux Xojakbarovich Daliyev – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari
    — Konstantin Ilich Mogilevskiy – Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari
    — Sardor Baxtiyorovich Rajabov – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari
    — Andrey Alekseevich Korneev – Rossiya Federatsiyasi Maorif vaziri o‘rinbosari
   — Usmon Ulfatovich Sharifxo‘jayev – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligi direktorining o‘rinbosari

    BDKU Toshkent filiali nomidan ushbu konferensiyada O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xmirov Aleksey Vladimirovich ishtirok etdi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook