BDKUda do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 20-iyun kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tojik, qozoq, qoraqalpoq, rus, qirg‘iz, turkman, tatar, koreys, ozarbayjon va belarus madaniy markazlari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida 2-kurs talabasі, Kino va televideniye prodyuserligi fakulteti vakili Gochman Valentin o‘zining mualliflik loyihasi — “Xalqlar do‘stligi” nomli hujjatli qisqa metrajli filmi pitching taqdimotini o‘tkazdi.Filmni suratga olish ishlari madaniy markaz rahbarlari bilan kelishib olindi.
Tadbirda filial direktori, professor I.M. Meliqo’ziyev, Ozarbayjon madaniy markazi ijrochi direktori G.Sh. Mexraliyeva, O‘zbekiston rus madaniy markazi rais o‘rinbosari N.P. Kovalenko, Koreys madaniy markazlari assotsiatsiyasi rais o‘rinbosari A.I. Kim, Qozog‘iston madaniy markazi raisi S.B. Usenov, Tojikiston milliy madaniy markazi raisi G.S. Subxonova, Qirg‘iziston madaniy markazi raisi R. Jabborov ishtirok etdilar.
Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook