#YuksakE’tirof #MadaniyatVaSan’atE’tiborMarkazid

    2026-yil 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar mamlakatimiz madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi.

    Ayniqsa, har bir talabaning shaxsiy brendini shakllantirish, ijodiy mahsulotlarini bozorga olib chiqish, amaliy hamkorlar topish va taniqli ijodkorlarni talabalarga biriktirish orqali dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslar zamonaviy madaniyat va san’at ta’limini yangi bosqichga olib chiqadi.
    S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali jamoasi ushbu islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Prezidentimiz tomonidan “Art-menejment”, “Kreativ industriya” va “Loyihalarni tijoratlashtirish” kabi yo‘nalishlarni ta’lim dasturlariga kiritish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijodkorlarning zamonaviy talablar asosida shakllanishiga xizmat qiladi.
    Shuningdek, talabalar startap loyihalari uchun ajratilayotgan 50 milliard so‘mlik mablag‘ madaniyat va san’at sohasida yangi g‘oyalar, kino loyihalari va kreativ tashabbuslarning yuzaga kelishiga kuchli turtki beradi.
    Filial jamoasi mazkur vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi hamda mamlakatimiz uchun zamonaviy fikrlaydigan, xalqaro darajadagi raqobatbardosh kino, televideniye va san’at mutaxassislarini tayyorlash yo‘lida barcha imkoniyatlarini safarbar qiladi.

    Professor Iqbol Meliqo’ziyev
S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali direktori