#BitiruvchilarOnKunligi




S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetida 2026-yil 3–9-iyun kunlari “Ijodiy oliygohlar bitiruvchilari uchun Butunrossiya o‘n kunligi” loyihasi doirasida kinematografiya yo‘nalishi bo‘yicha qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbirlarda BDKU Toshkent filiali delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Delegatsiya tarkibidan filial direktorining o‘rinbosari, professor-o‘qituvchilar, filial bitiruvchilari hamda “Aktyorlik san’ati” yo‘nalishi talabalari o‘rin olgan.
Tadbirlar davomida ishtirokchilar ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari, film namoyishlari va professional muloqotlarda qatnashib, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
