«XAVFSIZ TALABA» — XAVFSIZ MUHIT, BAXTLI TALABALIK!




2026-yil 7-oktabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida talabalar xavfsizligini ta’minlash, xavfsiz ta’lim muhitini yanada mustahkamlash hamda amaldagi xavfsizlik tizimlari samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishni filial direktori, professor I. M.Meliqo‘ziyev olib bordi. Yig‘ilish davomida xavfsizlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J. X.Shomurodov axborot berdi.
Direktor tomonidan mas’ullarga talabalar xavfsizligini ta’minlash, mavjud tizimlarni samarali tashkil etish hamda belgilangan vazifalar ijrosiga jiddiy va mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Topshiriqlar ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.
Talabalarning xavfsizlik masalalari bo‘yicha tezkor murojaat qilish imkoniyatini ta’minlash maqsadida filialda mas’ul xodimlarning telefon raqamlari ko‘rsatilgan maxsus «XAVFSIZ TALABA» bannerlari joriy etildi.
Xavfsizlik – har birimizning mas’uliyatimiz!
Birgalikda xavfsiz, sog‘lom va qulay ta’lim muhitini yaratamiz.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
