BDKU TOSHKENT FILIALIDA ANIMATSIYA TA’LIMI: XALQARO HAMKORLIK VA YANGI IMKONIYATLAR!

    2026-yil 8-oktabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida Animatsiya va raqamli texnologiyalar instituti bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
   Uchrashuvda BDKU Toshkent filiali direktori, professor I. M. Meliqo‘ziyev, Animatsiya va raqamli texnologiyalar instituti direktori, professor Ye. G. Yaremenko, BDKI metodik ishlar bo‘limi boshlig‘i V. V. Ataman,       Virtual reallik va sun’iy intellekt fakulteti dekani A. S. Alibekov, BDKU Toshkent filiali direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari A. V. Xmirov, Ssenariynavislik fakulteti dekani N. Y. Yusupova hamda Animatsiya va kompyuter grafikasi ijodiy ustaxonasi rahbari D. G. Vlasov ishtirok etdilar.
    Hamkorlik doirasida quyidagilar rejalashtirildi:
     Animatsiya va kompyuter grafikasi yo‘nalishining 1-bosqich talabalari uchun har oy 10 soatlik maxsus mashg‘ulotlar tashkil etish;
     Xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilish;
     Zamonaviy animatsiya texnologiyalari, ilg‘or usullar va amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;
     Bir oy davomida onlayn Zoom orqali 8 marotaba mahorat darslarini o‘tkazish.

    Mazkur hamkorlik talabalarning kasbiy mahoratini oshirish, animatsiya sohasidagi zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga xizmat qiladi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook