REKTORLIK SOATI

 

    2026-yil 7-oktabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida navbatdagi Rektorlik soati bo‘lib o‘tdi.
    Unda ta’lim sifatini yanada oshirish, talabalarni amaliy faoliyatga tayyorlash va zamonaviy ta’lim yondashuvlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
    Yig‘ilish doirasida quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:
– talabalar va professor-o‘qituvchilarning startap va innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;

-«Karyera kuni» doirasida talabalar ijodiy loyihalari va biznes-rejalarini taqdim etish tizimini yo‘lga qo‘yish;
– talabalar to‘garaklari faoliyatini tizimlashtirish va yangi amaliy yo‘nalishlarni tashkil etish;
– oliy kurslarni rivojlantirish va targ‘ib qilish, zamonaviy kasblarga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini kengaytirish;
– ta’lim, ijodiy va iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha yangi biznes modellarini joriy etish;
– ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va zamonaviy dasturiy vositalarni keng joriy etish;
– talabalar ijodiy ishlarining yagona elektron portfoliolar bazasini shakllantirish va ularni milliy hamda xalqaro maydonda targ‘ib qilish;
– kino va kreativ industriyadagi ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish, amaliyot, stajirovka va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish;
– ta’lim sifati va professor-o‘qituvchilar faoliyatini muntazam monitoring qilish.

    Belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi, mas’ullar va ijro muddatlarini belgilash topshirildi.
     Natijada ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, talabalarning amaliy va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda bitiruvchilarning karyera imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yiladi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook