BDKU filiali talabalari Navro‘z bayrami tadbiriga taklif etildilar.

    ✔️Toshkentdagi S.A.Gerasimov nomidagi BDKU filiali talabalari D.I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent filialida bo‘lib o‘tgan Navro‘z bayrami tadbiriga taklif etildilar.

    ⚡️Tadbir davomida talabalar Navro‘z bayramining milliy an’analari bilan yaqindan tanishdilar, rang-barang konsert dasturini tomosha qildilar. Konsertda talaba-yoshlar va taklif etilgan ijodkorlar o‘z chiqishlari bilan bayramga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlashdi.

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

BDKU Toshkent filialida “Operatorning 14 oltin qoidasi” mavzusida eksklyuziv mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 4-aprel kuni Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filialida “O‘zbekfilm” kinokonserni bilan hamkorlikda “Operatorning 14 oltin qoidasi” mavzusida eksklyuziv mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, abituriyentlar uchun yangi o‘quv yilida:
– Dramaturgiya yo‘nalishi
– Rejissura (kino va TV) yo‘nalishi
– Kinooperatorlik yo‘nalishlari bo’yicha qabul jarayonlari boshlanadi!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@VGIKTashkent_bot
+998 94 728-82-71
+998 99 147-22-66

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Operatorning 14 oltin qoidasi” mavzusida eksklyuziv mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    ✔️2025-yil 4-aprel kuni Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filialida “O‘zbekfilm” kinokonserni bilan hamkorlikda “Operatorning 14 oltin qoidasi” mavzusida eksklyuziv mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    ❗️Mahorat darsini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, mashhur kinooperator va kinorejissyor Hasanov Hamidulla Babayevich olib bordi. U yosh operatorlarga nazariya va amaliyotdagi muhim jihatlarni tushuntirib, zamonaviy texnik vositalar yordamida tasviriy ifodaning kuchi haqida o‘z bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

    ⚡️Talabalar kamera bilan ishlash, kadr kompozitsiyasi, yorug‘lik bilan ishlash kabi sohalarda amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.

    📣Eslatib o‘tamiz!
2025–2026 o‘quv yilida Hasanov Hamidulla Babayevich rahbarligida Kinooperatorlik yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan ijodiy ustaxona tashkil etildi.

    Shuningdek, abituriyentlar uchun yangi o‘quv yilida:
     – Dramaturgiya yo‘nalishi
     – Rejissura (kino va TV) yo‘nalishi
     – Kinooperatorlik yo‘nalishlari bo’yicha qabul jarayonlari boshlanadi!

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
     @VGIKTashkent_bot
     +998 94 728-82-71
     +998 99 147-22-66

 

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Operatorning 14 oltin qoidasi”

✔️Toshkent shahrida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filialida, “O‘zbekfilm” kinokonserni bilan hamkorlikda, zamonaviy texnik jihozlar yordamida, ustoz-shogird an’anasini rivojlantirish hamda kinooperatorlik mahoratini oshirish maqsadida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, mashhur kinooperator-kinorejissyor Xasanov Xamidulla Babayevich  tomonidan “Operatorning 14 oltin qoidasi” mavzusida eksklyuziv mahorat darsi o‘tkaziladi.

🗓Sana: 2025-yil 4-aprel
✨Vaqti: 11:00
📍Manzil: BDKU Toshkent (Chilonzor 1 A)

Ushbu dars davomida siz kinooperatorlik san’atining eng muhim sirlarini o‘rganasiz va haqiqiy professionaldan bebaho tajriba olasiz!

🗣️Kino san’atiga qiziquvchilarni ushbu noyob imkoniyatdan foydalanishga taklif qilamiz!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Yosh kadrlar amaliyotda!

    ⚡️#Yosh kadrlar amaliyotda!

    🔖Respublikamizda kinematografiya sohasini rivojlantirish, yosh malakali kadrlarni tayyorlash va ularga amaliy tajriba berish maqsadida “IMKON” films kinostudiyasi tomonidan “Amaliyotchi qiz” nomli badiiy film tasvirga olinmoqda.

    🎉Ushbu loyiha doirasida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali talabalari ham o‘z malakalarini oshirmoqdalar. Jumladan:
    ✔️Munisa Magamet – “Rejissyorlik” ta’lim yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi
    ✔️Abduraxmonov Jaxongir – “Kinooperatorlik” ta’lim yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi

    🔼Talabalar tasvirga olish jarayonlarida ishtirok etib, o‘z tajribalarini oshirmoqdalar. Bu esa ularning kelajakdagi professional rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi shubhasiz.

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook