17–20 fevral kunlari Seminar tashkil etildi.

    17–20 fevral kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etilgan seminar doirasida S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filialining Yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari J.X.Shomurodov ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish bo‘yicha 26 soatlik malaka oshirish o‘quvini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatga ega bo‘ldi!

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

Ijtimoiy videorolik.

    Ushbu ijtimoiy videorolikni ko‘rib, beixtiyor ulug‘ ajdodimiz Abdurauf Fitratning quyidagi so‘zlari yodga tushdi:

    “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”.

    Shunday ekan, bebaho madaniyatimizni asrab-avaylashga, ta’lim-tarbiyaga, farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmaylik…

    Videorolik ijodkorlariga esa bugungi kunning eng o‘g‘riqli muammosiga e’tibor qaratib, kishini mulohazaga undaydigan kontent tayyorlaganliklari uchun alohida minnatdorlik bildiraman.

 

Youtube vidoega havola: Youtube | Facebook sahifamizga havola: Facebook  |  Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент

“Maslahat oshi” qisqa metrajli badiiy film

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shaxridagi filiali “Prodyuserlik” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi Shahobiddinov Sadriddin o‘zining  birinchi prodyuserlik  “Maslahat oshi” qisqa metrajli badiiy filmini suratga oldi.

    Ushbu filmda u nafaqat prodyuser, balki operator sifatida ham faoliyat yuritdi.

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Facebook sahifamizga havola: Facebook  |  Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент

 

OTM filiallari talabalari o‘rtasida qiziqarli KVN o‘yini bo‘lib o‘tdi

    2025 yil 15 fevral kuni Toshkentdagi M.V. Lomonosov nomidagi MDUda Toshkent va Toshkent viloyatidagi xorijiy OTMlar filiallari talabalari o‘rtasida qiziqarli KVN o‘yini bo‘lib o‘tdi.

    📽️ “Snyato” jamoasi – Toshkentdagi BDKU filiali faxri – ijodiy yondashuvi va mahoratli chiqishlari bilan ajralib turib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🥈

    Biz talabalarimizni bu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda yanada katta zafarlar tilaymiz!🎬✨

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!