BDKU Toshkent filiali Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    2025 yil 29 yanvar kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

    Tadbirda telemost orqali S.A. Gerasimov nomidagi VGIK rektori, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, Rossiya ta’lim akademiyasi akademigi, San’at va madaniyat ta’lim muassasalari uyushmasi prezidenti, Rossiya davlat mukofotlari laureati V.S. Malishev hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlar, “Kinematografiya” agentligi direktor o‘rinbosari A. Xodjayev, filial direktori, professor I. Meliqo‘ziyev hamda Kengash a’zolari ishtirok etdilar.

    Kun tartibidagi asosiy masala:

    2025-2026 o‘quv yiliga qabul kvotalarini tasdiqlash.

    V.S. Malishev yangi o‘quv yilida ochiladigan ta’lim yo‘nalishlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha filial direktori I. Meliqo‘ziyevga o‘z takliflarini berdi.

    Shu o‘rinda, hozirgi kunda yoshlar siyosati va davlat tomonidan amalga oshiriladigan tashabbuslar doirasida, yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa sohalardagi salohiyatini yanada oshirish maqsadida filialda Direktorning yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga “Ssenariynavislik” fakulteti dekani Shomurodov Jumaqul Xo‘jamurodovich tayinlandi.