BDKU Toshkent filiali direktori I.Meliqo‘ziyev va “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.Muxamedov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan

    2025 yil 24 yanvar kuni BDKU Toshkent filiali direktori I.Meliqo‘ziyev va “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.Muxamedov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Ushbu memorandumga muvofiq, “O‘zbekfilm” kinostudiyasining pavilyonlarida amaliy darslar o‘tkazish va 2025 yildan boshlab ochiq va yopiq pavilyon maydonlarida tasvirga olish jarayonlaridan foydalanish bo‘yicha ishchi guruh ishi boshlandi. Shuningdek, 1-2 kurs Kinooperatorlik ta’lim yo‘nalishining talabalarining ijodiy kurs ishlari uchun maxsus dekoratsiyalar qurish va “O‘zbekfilm”ning zamonaviy moddiy-texnika bazasidan beg‘araz foydalanish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish rejalashtirildi. Bu jarayonda filial direktori I.Melikuziyev, “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.Muxamedov, A.Axmedxonov (O‘zbekfilm kinokonserni Boshqarma boshlig‘i), G.Maxmudov (kino-yoritish sexi bo‘limi boshlig‘i), S.Abdullayev (dekoratsiya qurish bo‘limi boshlig‘i), o‘qituvchi-operator U.Malikov va 1-2 kurs Kinooperatorlik ta’lim yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

    2025 yil 10 fevraldan 1-2 kurs Kinooperatorlik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ijodiy ishlari uchun “O‘zbekfilm” kinokonserni tomonidan maxsus dekoratsiyalar qurish ishlari boshlanadi.

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!