Tanlov pitchingi yakunlariga bag‘ishlangan majlis bayoni qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ-3176-sonli qarori 2-bandi hamda Kinematografiya agentligi Badiiy kengashining 2024 yil 5 apreldagi 07/24-15-sonli, tanlov pitchingi yakunlariga bag‘ishlangan majlis bayoni qarori ijrosini ta’minlash maqsadida:

    S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali talabalariga ustoz-shogird an’anasini rivojlantirish, ilmiy va ijodiy yosh kadrlarni yetishtirib chiqarishda kino taraqqiyoti uchun kuchli yosh kadrlarni tayyorlashda “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli qisqa metrajli filmlar tanloviga taqdim etilgan “Osh”, “Intizor”, “Drel”, “G‘amxo‘rlik”, “O‘tmish tushi”, “Behbudiy”, “Va’da”, “Quvlashmachoq”, “Zang‘ori tosh” nomli ishlab chiqarilgan qisqa metrajli filmlar badiiy, g‘oyaviy hamda kino san’ati kasbiy turlari bo‘yicha ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

    Ekspertlar hay’ati:

     ✅ Meliqo‘ziyev Iqboljon Mamasodiqovich – S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali direktori, san’atshunoslik fanlari doktori (PhD), professor, kinooperator-kinorejissyor.

     ✅ Sagdullayev Rustam Abdullayevi – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor, aktyor-kinorejissyor.

     ✅ Xasanov Xamidulla Babayevich – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dotsent, kinooperator-kinorejissyor.

     ✅ Shoxobiddinov Ayub Shapatxiddinovich – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dotsent, rejissyor-ssenarist.

     ✅ Nasimov Hilol To‘lqinovich – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dotsent, kinorejissyor.

     ✅ Usmonov Furqat Dilshodovich – Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori.

     ✅ Xmirov Aleksey Vladimirovich – S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali direktor o‘rinbosari.

     ✅ Qoraxo‘jayev Rustam G‘ulomqodir o‘g‘li – Direktor maslahatchisi.

     ✅ Malikov Umid Rifatovich – BDKU o‘qituvchisi, kinooperator.

     ✅ Abdunazarov Alisher Shonazarovich – “Yoshlik” kinostudiyasi rahbari.

     ✅ Shoxnazarov Akrom Razzakovich – “Yoshlik” kinostudiyasi badiiy rahbari.

     ✅ Tulyaxodjayev Nazim Turabovich – Prodyuserlik fakulteti dekani, kinorejissyor.

     ✅ Shomurodov Jumaqul Xo‘jamurodovich – Ssenariynavislik fakulteti dekani.

     Ekspertlar guruhi tomonidan ijobiy baholangan ushbu qisqa metrajli filmlar Kinematografiya agentligi badiiy kengashiga tavsiya etiladi.

2025 yil 10 yanvar!