Renessans kino uyida tadbir o‘tkazildi

    Bugun 2025 yil 6 fevral kuni «Renessans kino uyi da “Xalqimizning diniy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va bunyodkorlik ishlari bilan aholini yaqindan tanishtirib borish” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

    📝 Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar va davlatimiz rahbarining Malayziyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar haqida so‘z yuritdi.

    ✔️ Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi, uning ahamiyati va yoshlarning salohiyatini oshirishdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.

    ✔️ Ichki ishlar vazirligi va Xalqaro Islom akademiyasi vakillari ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan yot g‘oyalar va ularning huquqiy oqibatlari haqida ma’lumot berishdi.

    Tadbirda shuningdek, S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev va filial xodimlari ham ishtirok etishdi.