2025-yil 19–21-aprel kunlari Moskvada Ikkinchi Xalqaro she’riyat ijrochiligi tanlovi bo‘lib o‘tdi.

    ⚡️2025-yil 19–21-aprel kunlari Moskvada Konstantin Raykin nomidagi Yuqori sahna san’ati maktabida (Teatr maktabi) teatr oliygohlari va kollej talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Taburetka” nomli Ikkinchi Xalqaro she’riyat ijrochiligi tanlovining yakuniy (an’anaviy) bosqichi bo‘lib o‘tdi.

    ✔️Tanlovda Rossiyaning turli hududlari, Moskva va Sankt-Peterburg, shuningdek, yaqin xorijdan 50 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

    ☄️BDKU Toshkent filiali nomidan ssenariynavislik fakulteti dotsenti Yusupova V.I. va aktyorlik san’ati yo‘nalishining 3-kurs talabasi Azamov Nodirbek hamda talabalar Ten Andrey va Fadeyev Valeriy tanlovda munosib ishtirok etdilar.

    ⭐️Azamov Nodirbek quyidagi yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli natijalarga erishdi:
     • “Klassika” nominatsiyasi bo‘yicha – faxrli 2-o‘rin, A.S. Pushkinning “Mozart va Saleri” (Kichik fojialar) asaridan Salerining monologini o‘qiganligi uchun;
     • “Zamonaviylik” nominatsiyasi bo‘yicha – Aleksandr Chatskiyning “Omadli ov” she’rini o‘qiganligi uchun 3-o‘rin.

    ✨Barcha ishtirokchilarimizni samimiy tabriklaymiz va ularga yangi sahna zafarlari tilaymiz!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook