Talabalar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

    Bugun, 25 yanvar kuni, S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent filialida Talabalar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

    Filial direktori, professor I. Melikuziyev, talabalar bilan uchrashib, ularni samimiy qutladi va ijodiy yutuqlar tiladi. Shuningdek, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shu jumladan, filial talabalari uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirib o‘tdi. Talabalarning yuksak yutuqlari alohida ta’kidlandi.

    Tadbirda filial direktori, professor I. Melikuziyev, professor-o‘qituvchilar, dekanlar va filial ma’muriyati ishtirok etishdi. Talabalar uchun maxsus osh tayyorlanib, bayramona dasturxon yozildi. Tadbir samimiy va iliq muhitda o‘tdi.

    🎊 Barcha talabalarimizni bayram bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Ularga tahsilda muvaffaqiyat va ijodiy parvozlar tilaymiz!

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!