BDKU Toshkent filialida prodyuser Anastasiya Emdindan mahorat darsi
О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida prodyuser Anastasiya Emdindan mahorat darsi bо‘lib о‘tadi!
2024 yil 7 oktabr kuni soat 11:00 da New State Pictures kompaniyasi direktori va prodyuser Anastasiya Emdin mahorat darsini о‘tkazadi. Uning mashhur loyihalari qatoriga Stiven Spilbergning «Ready Player One» filmi, «Peaky Blinders» va «Pennyworth» seriallari, shuningdek, «Tom & Jerry», «Kingsman», «American Assassin» va boshqa filmlar kiradi.
🗓: 2024 yil 7 oktabr, soat 11:00 da
📍: BDKI Toshkent filiali
‼️Leksiya mavzusi: Kinoning kо‘zga kо‘rinmas iqtisodiyoti: Gollivud qanday pul ishlaydi?
Kino sanoatining moliyaviy tomoni qanday ishlaydi va haqiqatda Gollivudga daromad keltiradigan omillar nimalardan iborat ekanligini bilib oling!
Professionaldan eksklyuziv bilimlarni olish imkoniyatini qо‘ldan boy bermang!