22 -avgust 2024 yili soat 14:00 da S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahridagi filiali «Yoshlik» kinostudiyasi DUK rahbariyati
22 -avgust 2024 yili soat 14:00 da S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahridagi filiali «Yoshlik» kinostudiyasi DUK rahbariyati hamda xodimlari va yosh kinoijodkorlar o’rtasida kelajakdagi rejalar yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda filial direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev talaba-yoshlar o’rtasida kelajakda suratga olinadigan filmlar, filialda talaba-yoshlar uchun o’tkaziladigan qisqa metrajlik filmlar, videoroliklar tanlovi xususida fikr bildirdi. Shuningdek, Iqbol Meliqo’ziyev filialda 20-sentabrgacha bir nechta yo’nalishlar bo’yicha Oliy professional kurslarga qabul bo’layotganligi, ushbu kurslarni kontrakt narxlari arzonlaganligi haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda «Yoshlik» kinostudiyasi DUK direktori A.Abdunazarov yangi loyihalar, qisqa metrajli filmlar tanlovini o’tkazish, suratga olingan loyihalarni dunyo miqyosidagi kinofestivallarda ishtirokini ta’minlash bo’yicha ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, Kinematografiya agentligining Kinoloyihalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig’i J.Ro’zmetov Tirik tarix dasturi mohiyati haqida ma’lumot berdi.