Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlanadi

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida buyuk shoir, atoqli davlat arbobi va mukammal iste’dod sohiblaridan biri Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.

    🎭 Tadbirda talabalar Bobur ijodidan she’rlar o‘qishdi, uning betakror g‘azallarini qo‘shiqqa solishdi hamda Bobur qalami bilan yozilgan “Boburnoma” asaridan parchalar keltirib, uning tarixiy ahamiyati haqida fikr almashishdi.

    📜 Bobur nafaqat sarkarda, balki ulkan ijodiy meros qoldirgan zabardast shoir, tilshunos, tarixchi va faylasuf sifatida ham insoniyat madaniyatiga o‘z hissasini qo‘shgan. Uning g‘azal va ruboiylari haligacha inson qalbida muhabbat va yuksak ma’naviyat uyg‘otib kelmoqda.

   Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

    Videoga havola: Youtube | Facebook Sahifamizga havola: Facebook