Ijodiy hamkorlik yo‘lida muhim qadam!
✔️2025-yil 8-aprel kuni Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti hamda S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali o‘rtasida tuzilgan memorandum doirasida “Kompozitorlik va aranjirovka” kafedrasi tashabbusi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔼Tadbir davomida har ikki oliy o‘quv yurti talabalari o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘rtasida qo‘shma loyihalarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook