4-bosqich produserlik fakulteti talabasi Ak1MarU Show» nomli yangi media-loyihasini taqdim etdi.

    🗣️BDKU Toshkent filiali 4-bosqich produserlik fakulteti talabasi Ibragimov Adadiy o‘zining «Ak1MarU Show» nomli yangi media-loyihasini filial rahbariyatiga taqdim etdi.

    ✨Ushbu loyiha 2025-yil sentabr oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, BDKU Toshkent filiali va “O‘zbekfilm” kinokonserni hamkorligida amalga oshiriladi.

    💥Bundan tashqari, Adadiy Moskvada «Yevroosiyo Kino Laboratoriyasi» doirasida suratga olingan, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan «Kechikkgan maktub…» nomli qisqa metrajli filmini ham namoyish etdi.

    ➡️Taqdimotda filial direktori, professor I.M. Melikuziev, yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi direktor o‘rinbosari J.X. Shomurodov va direktor maslahatchisi R.G. Korahujayev ishtirok etib, loyihani bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook