Iqbol Meliqo’ziyev filial professor-o’qituvchilari bilan suhbatlashdi

    2024-yil 27-iyul kuni Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filiali direktori, professor Iqbol Meliqo’ziyev yangi o’quv yilida 52.05.01 «Aktyorlik san’ati» ta’lim yo’nalishi bo’yicha talabalarni filialiga qabul qilish yuzasidan filial professor-o’qituvchisi Bobur Yo’ldashev bilan suhbatlashdi.

    Uchrashuvda filial direktori I.Meliqo’ziyev Aktyorlik mahorati kursiga talabalarni qabul qilishda e’tibor berish kerak bo’lgan jihatlar yuzasidan B.Yo’ldoshev bilan fikr almashdi.
    Shuningdek, filial direktori, professor I.Meliqo‘ziyev 52.05.01 «Aktyorlik san‘ati» yo’nalishi 2-kurs talabalari bilan ham ochiq suhbat o’tkazdi. Uchrashuvda filial professor-o’qituvchisi, aktyor Karim Mirxodiyev ishtirok etdi. Filialda 2024-2025 o’quv yiliga qizg’in tayyorgarlik ko’rilayotganligi, talabalar uchun filialda sport maydonchasi qilinayotganligi, talabalar uchun yangi loyihalarda ishtirok etishlari uchun imkoniyatlar yaratilishi, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

 

 

 

Videoga havola