9-avgust kuni madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov
⚡️ Bugun, 9-avgust kuni madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti prorektorlari o’rtasida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.
✅ Uchrashuvda BDKUning filiallar bo’yicha prorektori Gleb Fomin, O’quv-metodik ishlari bo’yicha prorektor Igor Korotkov, Rossiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi yordamchisi Anastasiya Sherbakova va filial direktori, professor Iqboljon Meliqo’ziyev ishtirok etishdi.
✅ Uchrashuv davomida filial faoliyatini yanada takomillashtirish, qo’llab-quvvatlash, 2024/2025-o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish hamda kelgusi faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.