Toshkent filiali “Kinooperatorlik” yo‘nalishi 2-kurs talabalari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida amaliyotda
S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti (VGIK) Toshkent filiali “Kinooperatorlik” yo‘nalishi 2-kurs talabalari 2025 yil 2-14 fevral kunlari amaliyot o‘tash uchun Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga, BDKU bosh kampusiga yuborildi.
📽 Kinematografiya sohasi uchun yuqori malakali ijodiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, kinokompaniyalar va joylardagi kinostudiyalarning yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda, talabalar BDKUdagi professorlardan jadval asosida bilim olishmoqda. Shuningdek, kino ishlab chiqarish laboratoriyalarida amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, zamonaviy kinooperatorlik texnologiyalari bilan yaqindan tanishmoqda.
🎥 Bundan tashqari, talabalar Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi “Mosfilm” kinokonserniga tashrif buyurib, u yerda kinoishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganishmoqda. Ular syomka pavilyonlari, montaj va rangtahrir studiyalari, operatorlik va yoritish uskunalari hamda boshqa texnik jarayonlar bilan amaliy tarzda tanishib, malakasini oshirmoqda.
🎓 Mas’ul o‘qituvchi — dotsent H.B. Hasanov.
🎬 Bu amaliyot talabalar uchun noyob tajriba bo‘lib, ularning kelajakdagi ijodiy va kasbiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi!