🔈Bugun, 2024 yil 26 sentabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida tajribali kinooperatorlar Umid Malikov va Oqil G‘ulomov tomonidan maxorat darslari o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 apreldagi № PF-6202 «Kino san’ati va kinoindustriyasini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni doirasida tashkil etildi. Ushbu farmon milliy kino san’atini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni davom ettirishni nazarda tutadi.
⭐️Tadbirda filial direktori I.M. Melikuziyev yosh kino ijodkorlar soha sirlarini tezroq o‘zlashtirishlarida, bunday mahorat darslari ko‘prik vazifasini bajarishini, aytib, judayam ahamiyatliligini ta’kidladi.
🔖Loyiha rahbari: professor I.M. Melikuziyev.
Videoga havola: BDKU Tashkent