🔈Bugun, 2024 yil 26 sentabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida tajribali kinooperatorlar Umid Malikov va Oqil G‘ulomov tomonidan maxorat darslari o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 apreldagi № PF-6202 «Kino san’ati va kinoindustriyasini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni doirasida tashkil etildi. Ushbu farmon milliy kino san’atini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni davom ettirishni nazarda tutadi.

    ⭐️Tadbirda filial direktori I.M. Melikuziyev yosh kino ijodkorlar soha sirlarini tezroq o‘zlashtirishlarida,  bunday mahorat darslari ko‘prik vazifasini bajarishini, aytib, judayam  ahamiyatliligini ta’kidladi.

    🔖Loyiha rahbari: professor I.M. Melikuziyev.

Videoga havola: BDKU Tashkent

 

 

Umid Malikov va Oqil G’ulomovdan mahorat-darslariga taklif qilamiz!

    📣Barchani iste’dodli kinooperatorlar Umid Malikov va Oqil G’ulomovdan mahorat-darslariga taklif qilamiz! Yosh bo’lishiga qaramay, ular o’zbek kinosida katta tajribaga ega va o’z bilimlari va sirlarini baham ko’rishga tayyor.

📅 Sana: 2024-yil 26-sentabr
⏰ Vaqt:soat 11: 00 da boshlanadi
📍 Manzil: VGIK Toshkent

📞 Bizning telefon raqamlarimiz: +998991472266, +998770119198

🔥Professionallar bilan kino yaratish san’atiga sho’ng’ish imkoniyatini boy bermang!