2025-yil 30-aprel kuni Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    ✔️2025-yil 30-aprel kuni Toshkent shahridagi Sankt-Peterburg davlat universitetida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari K.I. Mogilevskiy, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Buzrukxonov S.M. ishtirok etdilar.

    S.A. Gerasimov nomidagi Rossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkentdagi filiali nomidan quyidagi vakillar qatnashdilar:

     — Korotkov Igor Vladimirovich — BDKU o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha prorektori;
     — Meliquziyev I.M. — BDKU Toshkent filiali direktori, professor;
     — Shomurodov J.X. — yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi direktor o‘rinbosari;
     — Xmirov Aleksey Vladimirovich — o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Bugun Elyor Ishmuhamedov tavallud topgan kun.

    🎉Bugun — O‘zbekiston xalq artisti, taniqli rejissyor va ssenarist Elyor Ishmuhamedov tavallud topgan kun.

    👍BDKU Toshkent filiali jamoasi ustoz san’atkorni chin dildan tabriklaydi!

    ⭐️Elyor Ishmuhamedov ijodi — o‘zbek kinosining faxri, milliy madaniyatimizning bebaho boyligidir. U kishining filmlari san’at ahli va yosh avlod uchun ilhom manbaidir.

    ✨Ustozga sihat-salomatlik, bardavom umr va yangi ijodiy zafarlar tilaymiz!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Bugun Adiba Nosirovaning tavallud kuni.

    🎉Bugun O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali va “Oltin Humo” milliy mukofoti sohibasi, kinotanqidchi hamda montaj ustasi Adiba Nosirovaning tavallud kuni.

    BDKU Toshkent filiali jamoasi Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘liq va oila farovonligini tilaydi. ✨Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Rossiya Federatsiyasi Fan va Ta’lim vazirligi hamda Rossiya elchixonasi vakillari bilan uchrashuv

     2025-yil 29-aprel kuni BDKU Toshkent filialida Rossiya Federatsiyasi Fan va Ta’lim vazirligi delegatsiyasi va Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Elchixonasi vakillari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda quyidagi mehmonlar qatnashdi:
     — Igor Vladimirovich Korotkov — BDKU o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha prorektori
     — I.M. Meliqo’ziyev — BDKU Toshkent filiali direktori
     — Marina Arshakovna Kachyan — Rossiya hamkorlik departamenti bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari
     — Yuliana Sergeyevna Mutaeva — «O’zaro ta’lim» xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
     — Vera Igorievna Skorobogatova — Rossiya Fanlar akademiyasi ijtimoiy tadqiqotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi
     — Alla Borisovna Nanieva — Rossiya Federatsiyasi Elchixonasining birinchi kotibi
     — Ilya Borisovich Matveev — Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Elchixonasi birinchi kotibi
     — Aleksey Vladimirovich Xmirov — o’quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

    Uchrashuv davomida filialning bugungi faoliyati, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari va kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlar — xalqaro dasturlarni kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy standartlarni joriy etish va ilmiy hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Toshkent shahridagi xorijiy oliygohlar filiallari o‘rtasida suzish bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi.

    ▶️2025-yil 29-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida Toshkent shahridagi xorijiy oliygohlar filiallari o‘rtasida suzish bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi.

    ⭐️Filialimiz nomidan ishtirok etgan talabalar quyidagi natijalarga erishdi:

     — Xadjimuhamedova Sevinch (1-kurs, “Produserlik”) — 3-o‘rin
     — Mkrtchyan Arman (2-kurs, “Aktrorlik san’ati”) — 4-o‘rin

    👍Talabalarimiz bilan faxrlanamiz! Yangi zafarlar tilaymiz!

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

28 aprel kuni “Renessans” kino uyida O‘zbekiston madaniyat

    ✨28 aprel kuni “Renessans” kino uyida O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan “Kasbim mening faxrim” nomli tantanali tadbir tashkil etildi.

    ⭐️Tadbirda BDKU Toshkent filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalar faol ishtirok etib, o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqat va iftixorni namoyish etdilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook