BDKU Toshkent filiali Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    2025 yil 29 yanvar kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

    Tadbirda telemost orqali S.A. Gerasimov nomidagi VGIK rektori, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, Rossiya ta’lim akademiyasi akademigi, San’at va madaniyat ta’lim muassasalari uyushmasi prezidenti, Rossiya davlat mukofotlari laureati V.S. Malishev hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlar, “Kinematografiya” agentligi direktor o‘rinbosari A. Xodjayev, filial direktori, professor I. Meliqo‘ziyev hamda Kengash a’zolari ishtirok etdilar.

    Kun tartibidagi asosiy masala:

    2025-2026 o‘quv yiliga qabul kvotalarini tasdiqlash.

    V.S. Malishev yangi o‘quv yilida ochiladigan ta’lim yo‘nalishlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha filial direktori I. Meliqo‘ziyevga o‘z takliflarini berdi.

    Shu o‘rinda, hozirgi kunda yoshlar siyosati va davlat tomonidan amalga oshiriladigan tashabbuslar doirasida, yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa sohalardagi salohiyatini yanada oshirish maqsadida filialda Direktorning yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga “Ssenariynavislik” fakulteti dekani Shomurodov Jumaqul Xo‘jamurodovich tayinlandi.

 

BDKU Toshkent filiali direktori I.Meliqo‘ziyev va “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.Muxamedov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan

    2025 yil 24 yanvar kuni BDKU Toshkent filiali direktori I.Meliqo‘ziyev va “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.Muxamedov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Ushbu memorandumga muvofiq, “O‘zbekfilm” kinostudiyasining pavilyonlarida amaliy darslar o‘tkazish va 2025 yildan boshlab ochiq va yopiq pavilyon maydonlarida tasvirga olish jarayonlaridan foydalanish bo‘yicha ishchi guruh ishi boshlandi. Shuningdek, 1-2 kurs Kinooperatorlik ta’lim yo‘nalishining talabalarining ijodiy kurs ishlari uchun maxsus dekoratsiyalar qurish va “O‘zbekfilm”ning zamonaviy moddiy-texnika bazasidan beg‘araz foydalanish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish rejalashtirildi. Bu jarayonda filial direktori I.Melikuziyev, “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.Muxamedov, A.Axmedxonov (O‘zbekfilm kinokonserni Boshqarma boshlig‘i), G.Maxmudov (kino-yoritish sexi bo‘limi boshlig‘i), S.Abdullayev (dekoratsiya qurish bo‘limi boshlig‘i), o‘qituvchi-operator U.Malikov va 1-2 kurs Kinooperatorlik ta’lim yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

    2025 yil 10 fevraldan 1-2 kurs Kinooperatorlik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ijodiy ishlari uchun “O‘zbekfilm” kinokonserni tomonidan maxsus dekoratsiyalar qurish ishlari boshlanadi.

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

BDKU Toshkent shahridagi filialida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rilmoqda

    ❗️S.A.Gerasimov nomidagi butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filialida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rilmoqda.
    27 avgust 2024-yil S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida filial direktori, professor Iqbol Meliqo’ziyev boshchiligida yig’ilish o’tkazildi.
    Y’ig’ilishda filialning 2024/2025-oʻquv yiliga tayyorgarlik holati muhokama qilindi. Mas’ullar tomonidan ish jarayoni, dars soatlari taqsimoti, belgilangan vazifalar ijrosi haqida batafsil maʼlumot berildi. Shu bilan birga, yangi oʻquv yili uchun rejalashtirilgan vazifalar taqdimoti namoyish etildi. Prodyuserlik va Ssenariynavislik fakultetlari dekanlariga dars soatlarini adolatli va shaffof tarzda taqsimlash, o‘quv yuklamalarining bajarilishini jiddiy nazoratga olish topshirig’i berildi.
    Shuningdek, yig’ilishda sentabr oyida o’tkaziladigan Toshkent xalqaro kino festivaliga filial talabalarini volontyor sifatida ishtirok etishga jalb qilish, festival doirasida tashkil etiladigan turli master-klasslar, seminar va konferensiyalarda ishtirok etishi ta’kidlandi.
    Filial direktori, professor Iqbol Meliqo’ziyev Zo’r TV bosh prodyseri bilan hamkorlikda yangi loyihani ishga tushirilayotganligi, bu loyiha BDKU Toshkent filiali talabalari uchun ularning ijodiy qobiliyatlarini ko’rsatishga xizmat qilishini aytib o’tdi.
Filial direktori, professor I.Meliqo’ziyev mas’ullarga yangi o’quv yilidan barcha xodimlarga guvohnomalar tayyorlash, turniketlarni ishga tushirish, billing tizimi, Hemis platformalari bo’yicha shartnomalar tuzish topshirig’ini berdi.

Ссылка на видео: VGIKTashkent

Filiali direktoriI I.Meliqo‘ziyev 3-kurs “Prodyuserlik” yo‘nalishi talabalari bilan muloqot qildi

    Toshkent shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filiali direktori, professor I.Meliqo‘ziyev 3-kurs “Prodyuserlik” yo‘nalishi talabalari bilan muloqot qildi.

    Muloqot davomida 2024/2025 o‘quv yilida Filialda yaratilayotgan sharoitlar va kinoloyihalar muhokama qilindi.

    Talabalarning o‘quv jarayonlari haqidagi fikr mulohazalari va takliflari tinglanib, ayrimlarini faoliyatda qo‘llash bo‘yicha qabul qilindi.

    Shuningdek,  Filial direktori I.Meliqo‘ziyev “Jaraquduq mo‘jizasi” filmi rejissyori, filial talabasi Akromali Abdullayevni joriy yilning noyabr oyida Kanadada o‘tkaziladigan xalqaro festivalda ishtiroki bilan tabriklab, Gran pri g‘olibi bo‘lishida omadlar tiladi.