BDKU TOSHKENT FILIALIDA ANIMATSIYA TA’LIMI: XALQARO HAMKORLIK VA YANGI IMKONIYATLAR!

    2026-yil 8-oktabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida Animatsiya va raqamli texnologiyalar instituti bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
   Uchrashuvda BDKU Toshkent filiali direktori, professor I. M. Meliqo‘ziyev, Animatsiya va raqamli texnologiyalar instituti direktori, professor Ye. G. Yaremenko, BDKI metodik ishlar bo‘limi boshlig‘i V. V. Ataman,       Virtual reallik va sun’iy intellekt fakulteti dekani A. S. Alibekov, BDKU Toshkent filiali direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari A. V. Xmirov, Ssenariynavislik fakulteti dekani N. Y. Yusupova hamda Animatsiya va kompyuter grafikasi ijodiy ustaxonasi rahbari D. G. Vlasov ishtirok etdilar.
    Hamkorlik doirasida quyidagilar rejalashtirildi:
     Animatsiya va kompyuter grafikasi yo‘nalishining 1-bosqich talabalari uchun har oy 10 soatlik maxsus mashg‘ulotlar tashkil etish;
     Xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilish;
     Zamonaviy animatsiya texnologiyalari, ilg‘or usullar va amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;
     Bir oy davomida onlayn Zoom orqali 8 marotaba mahorat darslarini o‘tkazish.

    Mazkur hamkorlik talabalarning kasbiy mahoratini oshirish, animatsiya sohasidagi zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga xizmat qiladi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

REKTORLIK SOATI

 

    2026-yil 7-oktabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida navbatdagi Rektorlik soati bo‘lib o‘tdi.
    Unda ta’lim sifatini yanada oshirish, talabalarni amaliy faoliyatga tayyorlash va zamonaviy ta’lim yondashuvlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
    Yig‘ilish doirasida quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:
– talabalar va professor-o‘qituvchilarning startap va innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;

-«Karyera kuni» doirasida talabalar ijodiy loyihalari va biznes-rejalarini taqdim etish tizimini yo‘lga qo‘yish;
– talabalar to‘garaklari faoliyatini tizimlashtirish va yangi amaliy yo‘nalishlarni tashkil etish;
– oliy kurslarni rivojlantirish va targ‘ib qilish, zamonaviy kasblarga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini kengaytirish;
– ta’lim, ijodiy va iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha yangi biznes modellarini joriy etish;
– ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va zamonaviy dasturiy vositalarni keng joriy etish;
– talabalar ijodiy ishlarining yagona elektron portfoliolar bazasini shakllantirish va ularni milliy hamda xalqaro maydonda targ‘ib qilish;
– kino va kreativ industriyadagi ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish, amaliyot, stajirovka va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish;
– ta’lim sifati va professor-o‘qituvchilar faoliyatini muntazam monitoring qilish.

    Belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi, mas’ullar va ijro muddatlarini belgilash topshirildi.
     Natijada ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, talabalarning amaliy va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda bitiruvchilarning karyera imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yiladi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

«XAVFSIZ TALABA» — XAVFSIZ MUHIT, BAXTLI TALABALIK!


    2026-yil 7-oktabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida talabalar xavfsizligini ta’minlash, xavfsiz ta’lim muhitini yanada mustahkamlash hamda amaldagi xavfsizlik tizimlari samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
    Yig‘ilishni filial direktori, professor I. M.Meliqo‘ziyev olib bordi. Yig‘ilish davomida xavfsizlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J. X.Shomurodov axborot berdi.
    Direktor tomonidan mas’ullarga talabalar xavfsizligini ta’minlash, mavjud tizimlarni samarali tashkil etish hamda belgilangan vazifalar ijrosiga jiddiy va mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.             Topshiriqlar ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.
 Talabalarning xavfsizlik masalalari bo‘yicha tezkor murojaat qilish imkoniyatini ta’minlash maqsadida filialda mas’ul xodimlarning telefon raqamlari ko‘rsatilgan maxsus «XAVFSIZ TALABA» bannerlari joriy etildi.
 Xavfsizlik – har birimizning mas’uliyatimiz!
 Birgalikda xavfsiz, sog‘lom va qulay ta’lim muhitini yaratamiz.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

«Yuksalish» xalqaro talabalar festivalida navbatdagi g‘alaba!

ч

    2-oktabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetida IV Xalqaro talabalar festivali – «Yuksalish»ning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
    Rejissura kino va televideniye yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Habibullayeva Shirinning «Oq klavishlar» filmi «Eng yaxshi ovoz rejissyori ishi» nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
    Shirin Habibullayevani ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi ijodiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

«YUKSALISH» festivali – 4-kun

    1-oktabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetida IV Xalqaro talabalar festivali – «YUKSALISH» doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
    Festivalning uchinchi kunida ishtirokchilar uchun mahorat darslari, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda filmlar ko‘rigi tashkil etilmoqda.
    BDKU Toshkent filiali delegatsiyasi ham festival tadbirlarida faol ishtirok etmoqda.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook