Xalqaro forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi delegatsiyasi tashrif buyurdi

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari A.B. Tadjixanov hamda Madaniyat vazirligi Ta’lim sohasini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sh. Sharipov ishtirok etmoqda.
    Mehmonlarga kinooperatorlik yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan maxsus dekoratsiya hamda ijodiy ishlar namoyish etildi va tanishtirildi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Karyera kuni”

     Toshkentda xalqaro forum doirasida mehmonlar va delegatsiyalarni rasmiy tartibda kutib olish jarayoni amalga oshirilmoqda.

    Ishtirokchilar S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filialida bo‘lib o‘tayotgan ilmiy-amaliy anjuman hamda “Karyera kuni” tadbirlarida ishtirok etmoqda.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari”

    Joriy yilning 18–20-may kunlari Toshkent shahrida ilk bor o‘tkazilayotgan “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” mavzusidagi yirik xalqaro forum o‘z ishini boshladi.
    Mazkur forumda dunyoning 20 ga yaqin davlatidan 200 nafarga yaqin xorijiy va mahalliy ishtirokchilar qatnashmoqda.
    Uch kun davom etadigan forumda Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Koreya, AQSh, Fransiya, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Vengriya, Tojikiston hamda     Armanistondan nufuzli olimlar, 20 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, PhD olimlar, dekanlar, etnomuzikologlar, tadqiqotchilar, madaniyat markazlari     rahbarlari, talabalar va OAV vakillari ishtirok etmoqda.
    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo’ziyev hamda filial professor-o‘qituvchilari ham ushbu xalqaro forumda ishtirok etishdi.
    Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori, BDKI aktyorlik mahorati yo‘nalishi ijodiy ustaxonasi rahbari F.B. Mahmudov ham forumda ishtirok etdi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

#9May #XotiraVaQadrlashKuni

 

     2026-yil 8-may kuni “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan filialimizda ma’naviy-ma’rifiy va bayramona tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir davomida yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimiz xotirasi chuqur ehtirom bilan yod etildi.
    Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdilar. Bayram dasturi doirasida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, urush va mehnat faxriylarining jasorati, Vatanga sadoqati hamda bugungi tinch hayotimizning qadri yoritib berildi.
    Tadbirda Toshkent shahar Chilonzor tumani Qurolli Kuchlar faxriylar Kengashi raisi mayor Abdusalom Abduxalikov yoshlar bilan uchrashib, vatanparvarlik, ajdodlar xotirasiga hurmat va yurt tinchligini asrashning ahamiyati haqida samimiy fikrlarini bildirdi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Hamkorlik memorandumi

 

    2026-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 7-apreldagi jismoniy tarbiya va sport sohasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida muhim hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori, professor E.U. Shermanov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Mazkur memorandum doirasida:
— talabalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,
— qo‘shma loyihalar va ijodiy ishlarni amalga oshirish,
— ta’lim va madaniyat sohasida tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

    Mehmonlarga filialda yaratilgan barcha zamonaviy sharoitlar, jumladan fotopavilyonlar va o‘quv bazalari tanishtirildi.

    Ushbu hamkorlik yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi!

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

G.V. Plexanov nomidagi REU Toshkent filialida Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallari rahbarlari ishtirokida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 28-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi Xalqaro hamkorlik departamenti bo‘lim boshlig‘i Robert Fedorov hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

    Yig‘ilish davomida filiallar tarmog‘ini rivojlantirish, 2026-yil qabul komissiyasidagi o‘zgarishlar, oliy ta’lim va ilm-fan tizimini rivojlantirish, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy aloqalarni mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    Yig‘ilishda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari ham ishtirok etdilar.

    Shuningdek, unda BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo’ziyev hamda o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.V. Xmirov ishtirok etdi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook