4 dekabr kuni Toshkent BDKI filialida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

4 dekabr kuni Toshkent BDKI filiali talabalari bilan Moskvadagi bosh BDKI rahbariyati uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Filiallar bo‘yicha prorektor Fomin G.A., ssenariy va kinoshunoslik fakulteti dekani Marusenkov V.V. hamda professor Klebanov I.S. ta’lim jarayonini tashkil etish, ijodiy ustaxonalar faoliyati, tarbiyaviy ishlar va filialning xo‘jalik masalalari bo‘yicha talabalarning fikr-mulohazalarini diqqat bilan tingladilar.

Talabalar o‘ziga dolzarb bo‘lgan savollarni berish va ularga atroflicha hamda mazmunli javoblar olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu esa talabalar bilan BDKI ning markaziy ma’muriyati o‘rtasida o‘zaro tushunishni mustahkamlash va konstruktiv hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.

Uchrashuv yakunida Gleb Aleksandrovich talabalarni va ularning yaqinlarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi hamda yangi yilda ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi!

 

Kinematografiya agentligi direktori va filiallar bо‘yicha prorektori Fomin G.A. bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi

    🔂2024 yil 1 noyabrda О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Rizayev SH.T. va BDKI ning filiallar bо‘yicha prorektori Fomin G.A. bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi. Uchrashuv davomida filialning moliyaviy dolzarb masalalar hamda akkreditatsiya amalga oshirish bо‘yicha muhokama qilindi.

    🔂Ayniqsa, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va filialning moliyaviy ahvolini yaxshilash bо‘yicha strategik choralarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek keyingi ilmiy, о‘quv, ijodiy qadamlar va ularni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Maxsus tashrif bilan filiallar bо‘yicha prorektor Fomin G.A. tashrif buyurdi

    Bugun, 2024 yil 1 noyabr kuni, Toshkent filialiga maxsus tashrif bilan filiallar bо‘yicha prorektor Fomin G.A. tashrif buyurdi. Ushbu yig‘ilishda filialda akkreditatsiya jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ustuvor yо‘nalishlar belgilab olindi.

    Prorektorning tashrifi akkreditatsiya ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishda muhim qadam bо‘ldi, bu esa о‘z navbatida filial ta’lim faoliyati sifati oshishiga yordam beradi. Akkreditatsiyaning asosiy jihatlari muhokama qilindi, jumladan ta’lim dasturlarining belgilangan standartlar va talablarga mosligi hamda о‘qituvchilar tarkibini ushbu jarayonga faol jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.