Jonajon yurtimiz istiqlolining 33 yilligi muborak bо‘lsin!

Assalomu alaykum !

    Jonajon yurtimiz istiqlolining 33 yilligi muborak bо‘lsin! Mamlakatimiz obodligi, xalqimiz farovonligi yо‘lida olib borayotgan xayrli ishlaringiz bardavom bо‘lsin!

    Olloh nazari tushgan Vatanimizga kо‘z tegmasin! Doimo aziz va ardoqli bо‘ling!

    Hurmat bilan, Toshkent shahridagi “S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti” filiali  direktori,professor

Iqbol Meliqо‘ziyev!

BDKU TAshkent filialida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha yig’ilish o’tkazildi

    S.A.Gerasimov nomidagi butunrossiya davlat kinematografiya universitetida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha yig’ilish o’tkazildi.
    30 avgust 2024-yil yig’ilishni S.A.Gerasimov nomidagi BDKU rektori, professor Malishev Vladimir Sergeevuch hamda o’quv uslubiy ishlar bo’yicha prorektor Korotkov Igor Vladimirovich o’tkazdi.
    BDKU Toshkent filiali direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev va direktori o’rinbosari Aleksey Xmirov yig’ilishda zoom orqali ishtirok etdi.
    Yig’ilishda filialning 2024/2025-oʻquv yiliga tayyorgarlik holati, BDKU delegatsiyasining XVI Xalqaro Toshkent festivalida munosib ishtirok etish masalasi, muhokama qilindi.
    Yig’ilishda BDKUning barcha filiallari rahbariyati qatnashdi.