“O‘zbekligim-o‘zligim” NNT va Toshkent filiali (VGIK) hamkorligida e’lon qilingan tanlov

    “O‘zbekligim-o‘zligim” NNT va S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent filiali (VGIK) hamkorligida e’lon qilingan tanlov o’z nihoyasiga yetdi. Tanlovga talabalar tomonidan tayyorlangan bir nechta loyihalar kelib tushdi.

Tanlov tashkiliy qo’mitasiga “Men O‘zbekman” mavzusidagi quyidagi ijodiy ishlar saralab olindi:

1. “Qisqa metrajli film” yo’nalishi bo’yicha:

✔️ “Qatlnoma”
Ssenariy muallifi va rejissyor Mo’minjon Ismatillo

✔️ “Konduktor (Toshkentga yo‘l)”
Ssenariy muallifi va rejissyor Alisher Karimov

2. “Hujjatli film” yo’nalishi bo’yicha:

✔️ “Men o‘zbekman. Nurxon Qurbonova”
Ssenariy muallifi va rejissyor Mo’minjon Ismatillo

✔️ “Певец из Бухары”
Produser Nikolay Shishkin

3. “Ijtimoiy rolik” yo’nalishi bo’yicha:

✔️ “Sangardak”
Ssenariy muallifi va rejissyor Mirtemir Murodov

✔️ “Xiva”
Ssenariy muallifi va rejissyor Abay Ataniyazov

Eslatma:
Tanlov uchun arizalar 10-avgustdan 10-oktyabrgacha qabul qilindi!

Tanlov g’oliblari uchun qimmatbaho sovg’alar beriladi:

• 1-o‘rin uchun Asus Zenbook 14 OLED
• 2-o‘rin uchun planshet
• 3-o‘rin uchun smartfon

Videoga havola: BDKI Toshkent

 

Kinematografiya agentligi rahbariyati bilan uchrashuv

    🔈2024 yil 8 oktabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahridagi VGIK filialida Kinematografiya agentligi direktori о‘rinbosari Alisher Xodjayev va filial direktori professor Iqbol Meliqо‘ziyev ishtirokida yig‘ilish о‘tkazildi. Unda ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan о‘tkazish tartibini takomillashtirish, filialning 2024/2025 о‘quv yiliga tayyorgarlik holati va ta’lim sifati muhokama qilindi.

    Mas’ullar tomonidan ish jarayoni, dars soatlarining taqsimoti, belgilangan vazifalarning ijrosi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, attestatsiya va akkreditatsiyadan о‘tkazish tartibini takomillashtirish bо‘yicha yо‘l xaritalari ishlab chiqish va nazorat jadvallarini tuzish bо‘yicha topshiriqlar berildi.

 

 

BDKI Toshkent filialida prodyuser Anastasiya Emdindan mahorat darsi

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda  S.A. Gerasimov nomidagi BDKI Toshkent filialida prodyuser Anastasiya Emdindan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi!

    🔖2024 yil 7 oktabr kuni soat 11:00 da New State Pictures kompaniyasi direktori va prodyuser Anastasiya Emdin mahorat darsini o‘tkazdi. Uning mashhur loyihalari qatoriga Stiven Spilbergning «Ready Player One» filmi, «Peaky Blinders» va «Pennyworth» seriallari, shuningdek, «Tom & Jerry», «Kingsman», «American Assassin» va boshqa filmlar kiradi.

 

Vieoga havola: BDKI Toshkent

 

Diqqat tanlov!!!

    «O‘zbekligim-o‘zligim» NNT va  S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent filiali (VGIK) xamkorligidagi yangi loyiha!!!

    Oliygoh talabalari o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, o‘zbek madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini yangicha rakursda ko‘rsatib berish maqsadida «MEN-O‘ZBEKMAN! » mavzuida film va videoroliklar tanlovini e’lon qilamiz!

Tanlovda «Men O‘zbekman» tematikasidagi quyidagi ijodiy ishlar qabul qilinadi:

«Qisqa metrajli film»
«Xujjatli film»
«Ijtimoiy rolik»

 
1- o‘rin uchun Asus Zenbook 14 OLED
2- o‘rin uchun planshet
3- o‘rin uchun smartfon

Tanlov uchun arizalar 10 avgustdan 10 oktabrgacha qabul qilinadi!

 

 

BDKU Toshkent filialida prodyuser Anastasiya Emdindan mahorat darsi

    О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda  S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida prodyuser Anastasiya Emdindan mahorat darsi bо‘lib о‘tadi!

    2024 yil 7 oktabr kuni soat 11:00 da New State Pictures kompaniyasi direktori va prodyuser Anastasiya Emdin mahorat darsini о‘tkazadi. Uning mashhur loyihalari qatoriga Stiven Spilbergning «Ready Player One» filmi, «Peaky Blinders» va «Pennyworth» seriallari, shuningdek, «Tom & Jerry», «Kingsman», «American Assassin» va boshqa filmlar kiradi.

🗓: 2024 yil 7 oktabr, soat 11:00 da

📍: BDKI Toshkent filiali

‼️Leksiya mavzusi: Kinoning kо‘zga kо‘rinmas iqtisodiyoti: Gollivud qanday pul ishlaydi?

    Kino sanoatining moliyaviy tomoni qanday ishlaydi va haqiqatda Gollivudga daromad keltiradigan omillar nimalardan iborat ekanligini bilib oling!

    Professionaldan eksklyuziv bilimlarni olish imkoniyatini qо‘ldan boy bermang!