Xalqaro yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasining ikkinchi kuni davom etmoqda

    🗣️2024 yil 2 oktabr – BDKI maydonida Xalqaro yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasining ikkinchi kuni «Osobennosti proizvodstva i prodyusirovaniya molodejnogo kino» davom etmoqda.

    Ekspertlar va ishtirokchilar kino ishlab chiqarishning dolzarb masalalarini muhokama qilishmoqda, yoshlar kinosi rivoji uchun tajriba va g‘oyalar bilan o‘rtoqlashishmoqda. Konferensiya turli mamlakatlardan yosh prodyuserlar va rejissyorlarni birlashtirib, kino sanoatidagi xalqaro hamkorlik va innovatsion yondashuvlar almashinuvi uchun platforma yaratdi.

 

7

Aziz ustozlar!

    🎉Sizni Ustozlar kuni bilan tabriklaymiz! Sizning bilimingiz, sabr-toqatingiz va mehringiz biz talabalar uchun bebaho. Har bir darsingiz nafaqat ilm o‘rganish, balki hayotdagi yo‘limizda yangi imkoniyatlarni ochib beradi.

    ✨Siz bizga ishonch bag‘ishlaysiz va katta orzular sari ilhomlantirasiz. Sizga chuqur hurmatimizni izhor etamiz va barcha yaxshi tilaklarimizni yo‘llaymiz!

Sizga sog‘liq, baxt, va ko‘plab muvaffaqiyatlar tilaymiz!

⭐️Hurmat bilan, S.A.Gerasimov nomidagi BDKI Toshkent filiali talabalari

Kanalga obuba bo’ling: BDKU Toshkent

Ganiyev Jaxongir Xakimjanovich ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

    S.A. Gerasimov nomidagi BDKI Toshkent filiali direktori buyrug‘i asosida, tarix fanlari nomzodi(Phd), dotsent Ganiyev Jaxongir Xakimjanovich ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

    ✔️Jaxongir Xakimjanovich 1977 yili Namangan viloyatida tug‘ilgan. Namangan davlat universitetini tamomlagan.