Roziqov Yusuf Sulaymonovichning mahorat darsi bo‘lib o‘tadi.

    🔖BDKU Toshkent filiali ijodiy ustaxonasi rahbari, dotsent, ssenarist, aktyor va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, rejissyor Roziqov Yusuf Sulaymonovichning “Rejissyorlik sirlari” nomli mahorat darsi 2025-yil 16-sentyabr kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.

    ✔️Ustoz mahorat darsi davomida rejissyorlik san’ati bo‘yicha o‘z tajribalari va ijodiy qarashlarini talabalarga ulashadi.

    📌Mahorat darsi mehmoni – rejissyor va ssenarist Yusuf Azimov.

    📍Manzil: BDKU Toshkent filiali, 3-qavat, kinozal.

    🔈Barcha talabalar mahorat darsiga taklif etiladi!

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU filialida Rashid Karimovich Malikovning mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    ☄️BDKU Toshkent filialida ijodiy ustaxona rahbari, dotsent, ssenarist, aktyor va rejissyor Rashid Karimovich Malikovning “Rejissyorlik sirlari” nomli mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    🔼Mahorat darsida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Yusuf Sulaymonovich Roziqov, o‘qituvchilar va filial talabalari ishtirok etdilar.

    ⭐️Talabalar mashg‘ulot davomida rejissyorlik san’ati bo‘yicha qimmatli bilim va tajribaga ega bo‘ldilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Filialda qo‘shimcha umumta’lim dasturi bo‘yicha qabul boshlanganini e’lon qiladi.

    🔜S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti va uning Toshkent filiali qo‘shimcha umumta’lim dasturi “Rus tili – xalqaro muloqot va kinomadaniyat asosi” bo‘yicha qabul boshlanganini e’lon qiladi.

    ❓Nega qo‘shilish kerak?

    ✔️Dastur yakunida siz:
     • VGIK profili bo‘yicha ta’lim olish va kino mutaxassisligini tanlash uchun zarur bo‘lgan rus tilida kino sohasida muloqot qilish ko‘nikmalarini olasiz;
     • kino leksikasi va kino terminologiyasi bilan tanishasiz;
     • VGIK tarixini o‘rganasiz va kino san’atiga kirish kursini o‘tib olasiz;
     • kino asarlari asosida adabiy esse yozishni hamda klassika ekranizatsiyalarini tahlil qilishni o‘rganasiz;
     • kinematografiya tarixi va uning asosiy bosqichlari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lasiz ;

    ⌛Qabul 2025-yil 15-sentyabr kuni yozma test va og‘zaki suhbat asosida onlayn tarzda, tanlov asosida o‘tkaziladi.

    📞Ma’lumot uchun telefon: +99893 596 84 35 (Telegram)
    📚O‘qish muddati — 3 oy. Mashg‘ulotlar an’anaviy va masofaviy texnologiyalar asosida olib boriladi.

    ✨Darslarni S.A. Gerasimov nomidagi VGIK professor-o‘qituvchilari olib boradilar.

    👉Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.yandex.ru/u/68c2d6f64936391d505148f6

    ‼️Ariza rus tilida to‘ldiriladi.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.B. Tajixanov BDKU filialida

    🔖2025-yil 12-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.B. Tajixanov BDKU Toshkent filialiga tashrif buyurdi.

    🗣️Filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev mehmonni universitetda yaratilgan zamonaviy sharoitlar va ijodiy ustaxonalar bilan tanishtirdi.

    ✔️Shuningdek, A.B. Tajixanov prodyuserlik yo‘nalishi bitiruvchi talabalarga bitiruv oldi ishlari bo‘yicha dars olib bordi hamda ularning loyihalari ustida muhokamalar o‘tkazildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Registrator ofisi!

    ⬇️BDKU Toshkent filialida yangi qulaylik – Registrator ofisi!

    ⌛ Endilikda talabalar barcha zaruriy ma’lumotlarni shu yerning o‘zida tez va qulay tarzda olishlari mumkin.

    ✔️Ofisning asosiy vazifalari talabalarning vaqtini tejash, ular uchun qulayliklar yaratish hamda yoshlar uchun ishonchli ko‘makchiga aylanishdan iborat. Shu maqsadda xodimlar muntazam ravishda o‘z ustida ishlashlari va yangiliklardan xabardor bo‘lib borishlari ko‘zda tutilgan.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Rejissyorlik sirlari”

    🔖BDKU Toshkent filiali ijodiy ustaxonasi rahbari, dotsent, ssenarist, aktyor va rejissyor Rashid Karimovich Malikovning “Rejissyorlik sirlari” nomli mahorat darsi 2025-yil 12-sentyabr kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.

    Ustoz mashg‘ulot davomida rejissyorlik jarayonidagi ijodiy yondashuv, sahnalashtirish sirlari va amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

    📍Manzil: BDKU Toshkent filiali, 3-qavat, kinozal.

    🔈Barcha talabalar mahorat darsiga taklif etiladi.

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook