Karim Mirxodiev Xusanovich

    🔖O‘zbekiston xalq artisti, BDKU Toshkent filiali professori Karim Mirxodiev Xusanovich.

    Karim Mirxodiev Xusanovich – o‘zbek san’ati taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan mashhur san’atkor va pedagog. U uzoq yillar davomida teatr va kino sahnasida yuksak mahorati, betakror ijrosi va fidoyiligi bilan el-yurt hurmatini qozongan.

    ☄️ 2025–2026 o‘quv yilida uning ijodiy ustaxonasi tantanali ravishda tashkil qilindi.Bugungi kunda u BDKU Toshkent filiali professori sifatida yoshlarga saboq bermoqda hamda o‘zining boy ijodiy tajribasini yangi avlod san’atkorlariga yetkazmoqda.

1-kurs talabalari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurishdi.

    ⚡️2025-yil 5-sentyabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev hamda filial rahbariyati 1-kurs talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurishdi.

    🗣️Talabalar muzey bo‘ylab sayohat davomida tarixiy saboqlar va bugungi tinch-osoyishta hayotimizning qadr-qimmati haqida chuqur taassurotga ega bo‘lishdi. Shuningdek, mustaqilligimiz qadriyatlari va ahamiyati haqida ma’ruzalar tingladilar.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

1-kurs talabalari universitet bilan yaqindan tanishdilar.

    📌2025-yil 4-sentyabr kuni BDKU Toshkent filialida 2025–2026 o‘quv yilida qabul qilingan 1-kurs talabalari universitet faoliyati hamda “O‘zbekfilm” kinokonserni bilan yaqindan tanishdilar.

    ▶️Filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev, Kinooperatorlik kafedrasi mudiri professor X.B. Hasanov hamda professor-o‘qituvchilar talabalarga universitetda yaratilgan barcha zamonaviy sharoitlar bilan tanishtirdilar.

    🗣️Shuningdek, talabalar “O‘zbekfilm” kinokonserniga tashrif buyurib, suratga olish maydonchalari va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    ⭐️Bu uchrashuv yoshlar uchun muhim taassurotlar va ijodiy ilhom manbai bo‘ldi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Talabalikka bag‘ishlov – 2025

    2025-yil 3-sentyabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filialida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan hamda yangi 2025–2026 o‘quv yilida qabul qilingan talabalarni kutib olish maqsadida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    ✔️Tadbir doirasida talabalar universitetda yangi o‘quv yilida ochilgan ijodiy ustaxonalar, “Kinooperatorlik mahorati” kafedrasi, registrator ofisi, talabalar uchun maxsus liboslar va grimerxonalari, raqs xonasi, kinozallar hamda yaratilgan barcha imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Bularning barchasi yosh ijodkorlarning bilim olishi, mahoratini oshirishi va ijodiy rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlardir.

    📚Rejissura kino va TV, Dramaturgiya va Kinooperatorlik yo‘nalishlariga qabul qilingan 1-bosqich talabalarga talabalik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

    🏅Shuningdek, iqtidorli talabalar va fidoyi professor-o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar topshirildi.

    Ushbu unutilmas lahza yosh ijodkorlar hayotida talabalik sari qo‘yilgan ilk qadami bo‘lib, ularga yangi marralarni zabt etishda kuch va ilhom bag‘ishladi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook