XVI Toshkent kinofestivalining Qisqa metrajli filmlar tanlovi hakamlar hay’ati

XVI Toshkent kinofestivalining Qisqa metrajli filmlar tanlovi hakamlar hay’atidan quyidagilar o’rin olgan:

🔹Alireza Shohruhi – kinotanqidchi, Eron Islom Respublikasi;
🔹Ixsan Kabil – Korkut ota kinofestivalining direktori, Turkiya;
🔹Talantbek Tolobekov – “Qirg‘iziston kinoprodyuserlari uyushmasi” a’zosi, Qirg’iziston;
🔹Birgit Boymers – Teatr va kino tarixi bo’yicha mutaxassis, Germaniya;
🔹Vladimir Karachevskiy – Listapad kinofestivalining dasturiy direktori, Belarus Kinoprokati direktori, Belarus.

Toshkent Xalqaro kinofestivali Axborot xizmati

22 -avgust 2024 yili soat 14:00 da S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahridagi filiali «Yoshlik» kinostudiyasi DUK rahbariyati

    22 -avgust 2024 yili soat 14:00 da S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahridagi filiali «Yoshlik» kinostudiyasi DUK rahbariyati hamda xodimlari va yosh kinoijodkorlar o’rtasida kelajakdagi rejalar yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.

    Uchrashuvda filial direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev talaba-yoshlar o’rtasida kelajakda suratga olinadigan filmlar, filialda talaba-yoshlar uchun o’tkaziladigan qisqa metrajlik filmlar, videoroliklar tanlovi xususida fikr bildirdi. Shuningdek, Iqbol Meliqo’ziyev filialda 20-sentabrgacha bir nechta yo’nalishlar bo’yicha Oliy professional kurslarga qabul bo’layotganligi, ushbu kurslarni kontrakt narxlari arzonlaganligi haqida ma’lumot berdi.

    Uchrashuvda «Yoshlik» kinostudiyasi DUK direktori A.Abdunazarov yangi loyihalar, qisqa metrajli filmlar tanlovini o’tkazish, suratga olingan loyihalarni dunyo miqyosidagi kinofestivallarda ishtirokini ta’minlash bo’yicha ma’lumotlar berdi.

    Shuningdek, Kinematografiya agentligining Kinoloyihalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig’i J.Ro’zmetov Tirik tarix dasturi mohiyati haqida ma’lumot berdi.

 

24-avgust kuni an’anaviy 9-Butunrossiya «Kino kechasi» tadbiri bo’lib o’tadi.

    24-avgust kuni an’anaviy 9-Butunrossiya «Kino kechasi» tadbiri bo’lib o’tadi. Tadbir Toshkent shahridagi S.A.Gerasimov nomidagi BDKU va Rossiya Federatsiyasining O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

    Tadbir Rossiya Federatsiyasi Kino fondi va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ko’magida tashkil etilmoqda.

    Har yili «Kino kechasi» tadbiri uchun rus kino industriyasidagi eng yorqin uchta yangi relizlar tanlanadi. Bu yilgi dasturda “Yuz yil oldinda” fantastik blokbasteri (rejissyor Aleksandr Andryushchenko), “Pike buyrug‘ida” ertagi (rej. Aleksandr Voitinskiy) va “Havo” harbiy-tarixiy dramasi (rej. Aleksey German Jr.) bor. Kino kechasidagi barcha namoyishlarga kirish bepul.

    Toshkentda O‘zbekiston Milliy kino saroyining (Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi (Panorama)) yozgi kinoteatrida filmlar namoyish etiladi.

Oldindan ro’yxatdan o’tishingiz kerak.
    “Pike buyrug‘i bilan” 24.08, 16.30 Ro‘yxatdan o‘tish
    “Yuz yil oldinda” 24.08, 19.00 Roʻyxatdan oʻtish

Ma’lumotlar…

9-avgust kuni madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov

⚡️ Bugun, 9-avgust kuni madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti  prorektorlari o’rtasida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

✅ Uchrashuvda BDKUning filiallar bo’yicha prorektori Gleb Fomin, O’quv-metodik ishlari bo’yicha prorektor Igor Korotkov, Rossiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi yordamchisi Anastasiya Sherbakova va filial direktori, professor Iqboljon Meliqo’ziyev ishtirok etishdi.

✅ Uchrashuv davomida filial faoliyatini yanada takomillashtirish, qo’llab-quvvatlash, 2024/2025-o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish hamda kelgusi faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.