Filiallari о‘rtasidagi teatral tо‘garaklar uchun mahorat darsi о‘tkazildi

    Toshkent shahri va Toshkent viloyati xorijiy filiallari о‘rtasidagi memorandum doirasida teatral tо‘garaklar uchun mahorat darsi о‘tkazildi.

    Tadbirni О‘zbekiston xalq artistlari, professor Sagdullayev R.A. va Kaminskiy M.D. о‘tkazdilar.

    Mahorat darsida MGIMO, MGU, RGPU va MISIS kabi nufuzli oliy о‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdilar.

    Ushbu tadbir talabalar va tо‘garak qatnashchilari uchun tan olingan san’at ustozlaridan bebaho bilim va ilhom olish imkoniyati bо‘ldi.

 

10 dekabr kuni “Qonunni bilasizmi?” nomli qiziqarli intellektual viktorina bо‘lib о‘tdi

    10 dekabr kuni MGIMO da Toshkent va Toshkent viloyatidagi xorijiy oliygohlar filiallari talabalari о‘rtasida “Qonunni bilasizmi?” nomli qiziqarli intellektual viktorina bо‘lib о‘tdi. Ishtirokchilar huquq sohasida chuqur bilimlarini, mantiqiy tafakkurlarini va jamoaviy ruhlarini namoyon etdilar.

     📊 Viktorina natijalari:

     🥇 1-о‘rin – MGIMO jamoasi

     🥈 2-о‘rin – MGU jamoasi

     🥉 3-о‘rin – VGIK va Plexanov jamoalari

    G‘oliblarni va barcha ishtirokchilarni a’lo chiqishlari bilan tabriklaymiz!

 

 

2024 yil 10 dekabr kuni Toshkentdagi BDKI filialida yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.

    Yig‘ilishga filial direktori I.M. Melikuziyev rahbarlik qildi. Yig‘ilish avvalida u jamoani 10 dekabr О‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun bilan tabrikladi.

    Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • 🎥 Bayramga bag‘ishlangan videoroliklarni tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish — bu vazifa dekanlarga topshirildi;
  • 📚 Oliy kurslar (DPO);
  • 🎓 Talabalarning davomatini nazorat qilish;
  • 💳 Kontraktga oid masalalarni hal etish;
  • 🌍 Xalqaro bо‘limning xorijiy filiallar bilan hamkorligini rivojlantirish;
  • 🏢 Filial xodimlari strukturasini kо‘rib chiqish.

    Shuningdek, filialning yanada rivojlanishi uchun asosiy qadamlar belgilab olindi.

 

 

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi kuni

    Bugungi kunda mustaqilligimiz ramzi bo‘lgan Davlat madhiyamiz har bir yurtdoshimizning qalbida g‘urur va iftixor uyg‘otadi. Ushbu madhiyani kuylash orqali biz Vatanimizga bo‘lgan cheksiz muhabbatimizni va uning yorqin kelajagi yo‘lida birlashishimizni ifoda etamiz.

    BDKI Toshkent filiali barchangizni Davlat madhiyasi kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi!

    Yurtimiz madhiyasi doimo osmonimizda baralla yangrasin va xalqimizning birligi, kuch-qudratini dunyoga namoyon etsin!

    Madhiyamiz — xalqimizning yurak sadosi!

Hurmatli hamkasblar va talabalar!

    Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun bilan chin qalbimdan tabriklaymiz! Asosiy Qonunimiz – mamlakatimiz mustaqilligi, huquqiy adolat va inson huquqlarining kafolati.

    Konstitusiyamiz har bir fuqaroning erkinligi va huquqini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Barchamizga tinchlik, farovonlik va yangi yutuqlar tilaymiz.

🎬BDKI Toshkent va “О‘zbekfilm” kinokonserni hamkorligi

    2024 yil 6 dekabr kuni BDKI Toshkent filiali direktori I.M. Meliqо‘ziyev va “О‘zbekfilm” kinokonserni direktori B.B. Muxamedov о‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    ✅ Memorandumning asosiy yо‘nalishlari:

     🔹 Talabalarni tо‘liq metrajli filmlar yaratish jarayoniga jalb etish.

     🔹 “О‘zbekfilm” kinostudiyasi pavilyonlarida amaliy darslarni о‘tkazish.

     🔹 2025 yildan boshlab ochiq pavilyon maydonlarida tasvirga olish jarayonlari uchun foydalanish.

     🔹 “О‘zbekfilm”ning zamonaviy moddiy-texnika bazasidan foydalanish.

     🔹“О‘zbekfilm” kinokonserni qoshidagi barcha studiya, pavilyon va rekvizitlar BDKI talabalari uchun beg‘araz foydalanish imkoniyati yaratiladi.

    🎁 Filialga “О‘zbekfilm” kinokonserni tomonidan RED Digital Cinema Komodo 6K professional kamerasi barcha jihozlari bilan sovg‘a tariqasida taqdim etiladi.