Shoshiling!!!

    S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida Oliy professional kurslarga 20 sentabrgacha hujjatlar qabuli davom etmoqda.

 – Teledasturlar boshlochisi – 9 oy💸9 600 000
 – Teatr va kino aktyori – 2 yil 💸1 yil uchun 13 400 000
 – Kinorejissura – 2 yil 💸1 yil uchun 13 400 000
 – Vizual kontent, televideniye va kino ssenaristi – 2 yil 💸1 yil uchun 13 400 000
 – Golografiya va interaktiv media rejissyori (animatsiya) -9 oy 💸13 400 000
 – Kinoshunos-muharrir – 1 yil 💸 8 100 000

 – Bitiruvchilarga maxsus diplom va sertifikatlar beriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun: +998991472266

 

XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Hindistonning afsonaviy yulduzi Raj Kapurning 100 yilligiga bag’ishlangan kecha tashkil etiilishi kutilmoqda

“Ipak yo‘li durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Hindistonning afsonaviy yulduzi Raj Kapurning 100 yilligiga bag’ishlangan kecha tashkil etiilishi kutilmoqda

Tadbirda Raj Kapurning yulduzli sulolalasi vakillari ishtirok etishi ko’zda tutilgan.

Toshkent Xalqaro kinofestivali Axborot xizmati

 

Videoga havola: ВГИК Ташкент

BDKU Toshkent filiali talabalari «Atirgul haqida» filmni tasvirga olishmoqda.

🎬S.A.Gerasimov nomidagi  Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filiali talabalari «Atirgul haqida» qisqa metrajli badiiy filmni tasvirga olishmoqda.

Rejissyor va g’oya muallifi: Ibrohim Husanbоyev, kinorejissyorlik yo’nalishi, 2-kurs, Ayub Shahobiddinov ustaxonasi.

Ssenariy muallifi: Yusuf Shopatxiddinov, Kinodramaturgiya yo’nalishi, 3-kurs, Odelsha Agishev va Elyor Ishmuhamedov ustaxonasi.

Operator: Vladimir Ten, kinooperatorlik yo’nalishi, 2-kurs, Rustam Murodov ustaxonasi.

Rollarda: Erkin Usmonov, aktyorlik san’ati yo’nalishi, 2-kurs, Bobur Yo’ldoshev ustaxonasi. Hamda Feruza Saidova.

 

 

BDKU 105 yilligini nishonlamoqda

    🎉1919 yil 1 sentabrda Moskvada dunyodagi birinchi Davlat kino maktabi – BDKU ochildi.

    BDKU kinematografiya, televideniye, ekran san’ati sohasidagi eng qadimgi o’quv yurti.

    BDKU tarixi mamlakat uchun qiyin davrda-fuqarolar urushining og’ir yillarida boshlangan. 1920-yillarning boshida birinchi fakultetlar ish boshladi. 1925 yilda maktab texnikum maqomini oldi, 1930 yilda davlat kinematografiya institutiga aylandi, 1938 yilda esa umumittifoq maqomini oldi va BDKU bo’ldi.

    1986 yilda institutga rejissyor S. A. Gerasimov nomi berildi, 1992 yilda esa o’quv yurti maqomini butun ittifoqdan butun Rossiya maqomiga o’zgartirdi.

    2013 yilda BDKU Rossiya xalqlarining alohida qimmatli madaniy meros obyektlariga kiritildi.

    Bizning filialimizda BDKUning 105 yilligiga bag’ishlangan bir qator tantanali bayram tadbirlari rejalashtirilgan.