Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti 1 va 2 kurs talabalari BDKU Toshkent filialida

    Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti 1 va 2 kurs talabalari S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialiga tashrif buyurdilar va universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Talabalar o’rtasida kurs, diplom ishlari bo’yicha muzokaralar olib borildi.

 

Videoga havola: VGIKTashkent

BDKU Toshkent filialiga Turk dunyosi jurnalistlari Federatsiyasi bosh direktori Menderes Demir tashrif buyurdi

    Bugun S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent filialiga Turk dunyosi jurnalistlari Federatsiyasi bosh direktori Menderes Demir tashrif buyurdi. Tashrif davomida filial direktori, professor I.M.Meliqo’ziyev bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, unda hamkorlik munosabatlarini o’rnatishning muhim masalalari muhokama qilindi.

 

Pix Entertainment asoschisi Kong Kyong Yong va menejer, tarjimon Mohinur Shadiyeva tashrif buyurishdi

    Bugun S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent filialiga Pix Entertainment asoschisi Kong Kyong Yong va menejer, tarjimon Mohinur Shadiyeva tashrif buyurishdi. Filial direktori,I.M.Meliqo’ziyev bilan uchrashuvda sheriklik munosabatlari o’rnatish istiqbollari va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

 

Raqamli texnologiyalar davrida o‘zaro hamkorlik va rivojlanishning strategik yo‘nalish

    S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida “Raqamli texnologiyalar davrida o‘zaro hamkorlik va rivojlanishning strategik yo‘nalishi sifatida zamonaviy kino ta’limining ahamiyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    Davra suhbatida BDKU va oliygohning Toshkentdagi filiali o‘qituvchi-professorlari ishtirok etishdi.

    Eslatib o‘tamiz, 15-sentyabrdan 19-sentyabrgacha S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining 105 yilligini nishonlash hamda BDKU kunlari doirasida mahorat darslari, davra suhbatlari, ilmiy konferensiyalar bo‘lib o‘tmoqda.

    Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

Mahorat darslarini olib borish maqsadida S.A.Gerasimov nomidagi BDKU delegatsiyasi tashrif buyurdi.

    2024 yil 14 – sentyabr kuni S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialiga universitetning 105-yilligini nishonlash hamda BDKU kunlari doirasida bo’lib o’tadigan mahorat darslarini olib borish maqsadida S.A.Gerasimov nomidagi BDKU delegatsiyasi tashrif buyurdi.

    Eslatib o’tamiz 15 sentyabrdan 19 sentyabrgacha mahorat darslari bo’lib o’tadi.